Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyodagi eng katta qabriston – “Tinchlik vodiysi”

Dunyodagi eng katta qabriston – “Tinchlik vodiysi”

Iroqning janubida, Bag‘doddan 160 kilometr uzoqlikdagi Najaf shahrida dunyoning eng katta va eng qadimgi qabristoni – "Vodiy as-Salom" ("Tinchlik vodiysi") joylashgan bo‘lib, u joyga 1400 yildan beri insonlar dafn etilib kelinmoqda. Qabristonning yer maydoni 600 gektardan oshadi.

Aytishlaricha, bu qabristonga ko‘plab payg‘ambarlar, ulamolar va hukmdorlar ko‘milgan. Bundan tashqari, “Vodiy as-Salam”da musulmon olamining to‘rtinchi xalifasi hazrat Ali (r.a.) maqbarasi joylashgan.

"Vodiy as-Salomda dunyoning besh milliondan ortiq kishi abadiy qo‘nim topgan. Qabrlar bir-biriga shu darajada yaqin joylashganki, bir kishi uchun taxminan 1 kvadrat metr joy ajratiladi. Dafnlar zichligiga qaramay bu yerda yo‘llar mavjud, qabrlar orasidagi tor o‘tish joylari va ba’zi joylarda esa hatto panjaralarni ham ko‘rish mumkin.

Qabrlarning yer usti qismini qurishda asosan pishgan g‘isht yoki gipsdan foydalanilgan. Oddiy, shu bilan birga katta oilaviy maqbaralar ham bor, ular gumbazlar bilan bezatilgan bo‘lib, uzoqdan ko‘zga tashlanib turadi. Bunday qabrlar asosan XX asrning 30-40 yillarida ko‘p barpo etilgan.

2010 yilda “Tinchlik vodiysi” qabristoni YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

2012 yilda Najaf shahri ISESCO (Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Islom tashkiloti) tomonidan Islom madaniyatining poytaxti sifatida tanlangan.

 

Kiritildi: 05:35 14.09.2019. O'qildi: 10181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!