Vens Aliyevni Isroil bilan do‘st bo‘lgan kam sonli yetakchilardan biri deb e’tirof etdi.
AQSh vise-prezidenti Vens Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida Prezident Ilhom Aliyevni maqtab, uni Isroil hamda Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lib turgan rahbar deb atagan.
“Trampdan tashqari, dunyoda turklar va isroilliklar bilan juda yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgan yagona yetakchi – bu Aliyev. Shunda men aytdim: demak, birinchidan, bu yerda taom juda mazali bo‘lsa kerak, ikkinchidan, u juda salobatli inson bo‘lsa kerak. Men tasdiqlay olaman – u juda salobatli. Birozdan keyin taom haqida ham bilib olamiz va ishonchim komilki, u ham a’lo bo‘ladi”, degan Vens.