Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyo yana xavf ostidami? JSST 'yangi pandemiya' haqida jiddiy ogohlantirdi

Dunyo yana xavf ostidami? JSST 'yangi pandemiya' haqida jiddiy ogohlantirdi

JSST direktori "Keyingi pandemiya" haqida ogohlantirish berdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreesus dunyo duch keladigan "keyingi pandemiya" "nazariy xavf" emas, balki "epidemiologik muqarrarlik" ekanini ta’kidladi.

Sog‘liqni saqlash tashkilotlari 2020 yilda COVID-19 global miqyosda millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarganidan so‘ng, dunyoni yana pandemiya qamrab olishidan xavotirda.

O‘tgan oyda Xitoyda yangi koronavirus aniqlangani ham xavotirlarni kuchaytirdi.

Hozirda JSSTga a’zo davlatlar pandemiyalarga global tayyorgarlik va javob choralarini takomillashtirish uchun huquqiy vosita sifatida JSST Pandemiya kelishuvi to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda.

Tedros dushanba kuni JSST pandemiya kelishuvi bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar organining o‘n uchinchi yig‘ilishining ochilishida tayyorgarlik masalasi haqida so‘z yuritdi.

"COVID-19 pandemiyasi hozirda mojarolar, geosiyosiy va iqtisodiy tangliklar tufayli uzoq o‘tmishdagi voqeadek tuyulishi mumkin," - dedi Tedros.

"Ammo keyingi pandemiya vaziyat tinchlanishini kutib o‘tirmaydi.

"Bu 20 yil yoki undan ko‘proq vaqtdan keyin yuz berishi yoki ertaga sodir bo‘lishi mumkin. Lekin bu albatta yuz beradi va qanday bo‘lmasin, biz bunga tayyor turishimiz shart. Bu nazariy xavf emas, balki epidemiologik haqiqatdir."

U Ebola va Marburg virusi kasalliklarining tarqalishi hamda parrandalar, qoramollar, boshqa hayvonlar va odamlarda qush grippining yoyilishini misol qilib keltirdi.

Tedros a’zo davlatlarni "JSSTning pandemiya bo‘yicha kelishuvini yakuniy nuqtaga yetkazishga" undadi.

Uning aytishicha, ushbu kelishuv "hech qanday a’zo davlatning suverenitetiga putur yetkazmaydi", aksincha "milliy suverenitetni va xalqaro harakatlarni mustahkamlaydi".

Tedros "sog‘liq - xavfsizlik masalasi" ekanligini ta’kidlab, COVID-19 pandemiyasini "ko‘zga ko‘rinmas dushman" deb atadi.

"Pandemiya urushga qaraganda ko‘proq odamlar hayotiga zomin bo‘lishi va kattaroq ijtimoiy hamda iqtisodiy tanglikka olib kelishi mumkin, - dedi u. - Darhaqiqat, Birinchi jahon urushida taxminan 15-22 million kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, 1918 yildagi gripp pandemiyasi tufayli taxminan 50 million kishi hayotdan ko‘z yumdi - bu ikki barobar ko‘p demakdir."

Kiritildi: 21:06 08.04.2025. O'qildi: 2370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!