Sharm el-Sheyx shahrida tarixiy voqea yaqin: G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvi rasman imzolanadi.
Hozirning o‘zidayoq Makron va Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Yo‘lda — Donald Tramp va Germaniya rahbari Fridrix Mers. Jami 20 ta dunyo yetakchisi sammitda qatnashishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, e’tiborlisi — na Isroil, na XAMAS rasman sammit ishtirokchilari ro‘yxatida yo‘q. Bu kelishuv xalqaro kafolatlar asosida tuzilayotganini anglatadi.