Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Dorixonada mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

Dorixonada mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

Andijon viloyatida mast holdagi erkak yosh bolani kaltaklagani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda katta yoshdagi erkak dorixonada 14 yoshli bolaga tahdid qilib baqirgan va yuziga urib, yiqitgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

“Aniqlanishicha, 2025 yil 26 iyul kuni Andijon shahrida yashovchi (1977 yilda tug‘ilgan) fuqaro S.J. dorixonaga mast holatda kelib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmagan (2011 yilda tug‘ilgan) M.K. bilan avval suhbatlashmoqchi bo‘lib gapirgan, so‘ng bolani xaqorat qilgan va uning yuziga kafti bilan urgan.

Holat yuzasidan Andijon shahri IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, voyaga yetmagan M.K.ga yetkazilgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda J.S.ga nisbatan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rish jarayoni ketmoqda” - deyiladi ombudsman xabarida.

Kiritildi: 22:26 05.08.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!