Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ibn Sino “sariq kasal”ni qanday davolagan?

Ibn Sino “sariq kasal”ni qanday davolagan?

Zamonaviy tibbiyotda gepatitga yuqumli infeksion kasallik deb ta’rif beriladi. Shuningdek, u el orasida “sariq kasalligi” nomi bilan ham mashhur. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida ushbu xastalikning ko‘rinishlari, alomatlari va davo choralari havola etilgan.

Asarda yozilishicha, sariq kasalligida badan rangi xunuk suratda sarg‘ayib o‘zgaradi. Bunga xiltning teri ostiga oqib borishi sabab bo‘ladi. Sariqlikning paydo bo‘lishi jigar, o‘t qopi, taloq funksiyasining buzilishi bilan bevosita bog‘liq. Zero, safroning ko‘p tug‘ilishi yoki uni chiqara olmaslik sariqni yuzaga keltiruvchi tashqi sabablardandir.

Sariq kasalligiga uchragan kishilarning ko‘pida ich qotadi. Chunki ichak devorlarini qitiqlovchi safro to‘xtab qolgan bo‘ladi. kasallikni davolamasdan o‘z holiga tashlab qo‘yish xavflidir.

Jigar qattiqlashsa, bu yomon belgi. Salbiy alomatlardan yana biri siydikning qora-qizil tus olishi hisoblanadi. Bemorning qorni sanchib og‘riydi, isitmalaydi, eti uvishadi va boshi aylanadi.

Bemorning tana harorati ko‘tarilmasa va quvvati o‘zida bo‘lsa, tez orada tuzalishiga umid bor. Uning tuzalayotganini rangidagi sariqlik ketayotgandan, peshob va najas rangi avvalgi holiga qaytganidan bilish mumkin. Sariq kasalligiga chalingan kishi uyqusizlik, g‘azablanish, ko‘p harakat qilish va issiq hammomga tushishdan saqlanishi kerak. Shifobaxsh giyohlar bilan qaynatilgan iliq suv bilan cho‘milish, sovuq suv to‘ldirilgan vannaga o‘tirish yoki hovuzga tushish foydali.

Kiritildi: Bugun 05:56. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!