Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Paradoks: 250 mingta bo‘sh ish o‘rni, 150 mingta ishsiz...

Paradoks: 250 mingta bo‘sh ish o‘rni, 150 mingta ishsiz...

Amerikada axborot texnologiyalari sohasidagi ish o‘rinlari qisqarmoqda. 2025 yilning iyulida ularning soni 10,3 mingtaga, yil boshidan esa 26,5 mingtaga kamaydi. Maxsus profilda 250 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lsa-da, deyarli 150 mingta IT xodimlari ishsiz qolmoqda.

Taqqoslash uchun: 2024-yilning birinchi yarmida AQShda ITsohasi atigi 6,2 mingta ish o‘rinlarini yo‘qotdi, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 20,3 mingtaga kam.

Oxirgi 12 oy davomida xodimlarning qisqarishidan kompyuter tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi firmalar (-27,4 ming ish o‘rni), telekommunikasiya kompaniyalari (-20 ming) va kontent-provayderlar xodimlari (-5,4 ming) eng ko‘p zarar ko‘rgan.

Kiritildi: 05:35 06.08.2025. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!