Finlyandiya poytaxti hisoblanmish Xelsinki shahrida bir yil ichida biror marta ham avtotransport hodisasi ro‘y bermadi.
Bunga sabab shaharda yo‘llarni toraytirib, haydovchilarga noqulaylik yaratish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekishdi. Murakkab shahar landshaftlari haydovchilarni aholi punktlari bo‘ylab ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga majbur qildi.
Shuningdek, yuqori tezlikni 30 km/soatga tushirishdi, 70 ta yangi tezlikni o‘lchash kameralario‘rnatishdi va polisiya nazoratini kuchaytirishdi. Shaharda piyodalar va velosipedchilar uchun infratuzilma yangilandi, jamoat transporti kengaytirildi.