Rossiyaning Kamchatka yarimorolida joylashgan Rybachiy yadroviy suvosti kemalari bazasiga o‘tgan haftadagi kuchli zilzila oqibatida jiddiy zarar yetgan.
Planet Labs kompaniyasi tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh suratlariga ko‘ra, Rybachiy suvosti kemalari bazasidagi suzuvchi pirslardan biri jiddiy shikastlanib, uning qismlaridan biri mahkamlangan nuqtadan ajralib chiqib ketgan.
Holat bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha izoh bermagan.