Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Donald Trampning shahsan o‘zi UFC turnirini o‘tkazadi!

Donald Trampning shahsan o‘zi UFC turnirini o‘tkazadi!

UFC rahbari Dana Uayt Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan turnir kardini shakllantirishda AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishini ma’lum qildi.

"Biz ko‘plab g‘oyalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Kreyg Borsari, men, Prezident Tramp va uning jamoasi bilan nafaqat tashkilotchilik, balki turnir kardini ham muhokama qilish uchun Vashingtonga uchib ketyapmiz. Bizda uch xil variant bor hamda biz unga nima yoqishi va nima yoqmasligini ko‘rib chiqamiz. Bu turnir mutlaqo ajoyib, noyob, maxsus va juda qimmat bo‘ladi", – deya Uaytning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi janglar oqshomi 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 11:21. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!