AQSh prezidenti Donald Tramp ertaga Nyuark (Nyu-Djersi, AQSh) shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 316 turniriga bormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning markaziy jangida UFC’ning eng yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Merab Dvalishvili va sobiq chempion Shon O’Melli o‘zaro jang qiladi.
Qayd etish kerakki, Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi birinchi jang 2024 yili bo‘lib o‘tgan va unda Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.