AQSh prezidenti NBC News’ga bergan intervyusida Eron yetakchisining o‘limi haqida gapirdi.
“Biz buni juda to‘g‘ri ish deb bilamiz”, degan u Xominaiyning o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan. Shuningdek, u AQShda Eronni kelajakda kim boshqarishi mumkinligi haqida «juda aniq tasavvur» mavjudligini ta’kidladi.
Avvalroq Fox News, Reuters, Axios va Isroilning bir necha yetakchi ommaviy axborot vositalari keng ko‘lamli zarbalar natijasida Ali Xominaiy, shuningdek, Eron Mudofaa vaziri va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari halok bo‘lganini xabar berishgandi.
Eron rasmiylari esa bu xabarlarni inkor qilishmoqda. Ular Oyatullohning o‘limi haqidagi da’volarga “psixologik urush” deya izoh berishgan.