Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Donald Tramp isroilliklarni saylovda Netanyaxuga ovoz berishga chaqirdi

Donald Tramp isroilliklarni saylovda Netanyaxuga ovoz berishga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil fuqarolarini bo‘lajak saylovlarda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahuni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. U Isroil hukumati rahbarining faoliyati va Vashington bilan hamkorligini yuqori baholadi.

Amerika yetakchisi bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Tramp bir hafta oldin ham Netanyahuni ochiq qo‘llab-quvvatlaganini eslatib, ularning hamkorligi harbiy sohada sezilarli natijalarga erishish imkonini berganini ta’kidladi.

«Dushmanlarimiz ham qo‘shib aytganda, hammaga ma’lumki, Bibi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi va biz birgalikda g‘alabalarga erishdik», — deb yozdi u.

AQSh prezidenti Venesuelaga qarshi harbiy operasiyani tilga olib, uni tarixdagi eng muvaffaqiyatli operasiyalardan biri deb atadi. Shuningdek, Eronga qarshi o‘tkazilgan «Midnight Hammer» («Tungi bolg‘a») va «Epic Fury» («Epik g‘azab») operasiyalarini ham qayd etdi.

Trampning ta’kidlashicha, birinchi operasiya Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan, ikkinchi operasiya natijasida esa mamlakat harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlaridan mahrum bo‘lgan.

Amerika yetakchisi, shuningdek, Eronning qurolli kuchlari va iqtisodiyoti og‘ir ahvolda ekanini, inflyasiya 301 foizga yetganini hamda dengiz blokadasi neft yetkazib berishga to‘sqinlik qilayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron harbiy va siyosiy rahbariyatining ikki darajasidan ham mahrum bo‘lgan.

«Saylov uchastkalariga borganingizda, Bibi urush davrida o‘zini ko‘rsatgan ajoyib bosh vazir bo‘lganini yodda tuting», — deya ta’kidladi Tramp.

U, shuningdek, Isroil va AQShning raqiblari ushbu mamlakatlarni mos ravishda «kichik shayton» va «katta shayton» deb ataganini eslatdi.

«Butun dunyo bo‘ylab “Amerikaga o‘lim, Isroilga o‘lim” degan shiorlar endi yangramasligi kerak va bunday bo‘lmaydi ham. Bibi Netanyahuni bosh vazirlikka saylash uchun ovoz bering. Biz boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishimiz kerak!» — deya xulosa qildi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 11:21. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!