Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Q. fuqaro U.B.ga 1 660 AQSh dollari, 500 000 qozoq tengesi va 91 750 rossiya rublini 45,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Boyovut tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.G. fuqaro M.P.dan 1,8 mln qozoq tengesini 3 450 AQSh dollari va 225 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.