Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Yevropa klubiga o‘tishi mumkin

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Yevropa klubiga o‘tishi mumkin

Yana bir o‘zbek futbolchisi Yevropa klublarining diqqat markazida. “Surxon” jamoasining 20 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Asilbek Jumayev Portugaliya yoki Belgiya klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Futbolchining ehtimoliy transferi qishki transfer oynasida amalga oshishi kutilmoqda. Hozirda bir nechta klub skautlari uning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Ta’kidlash joizki, Jumayevning transfer bahosi 300 ming yevro deb baholanmoqda. Uning “Surxon” bilan shartnomasi 2026 yilning oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 23:26 06.08.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!