Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Kiyev 1000 nafar harbiy asirni qabul qilishdan voz kechdi

Kiyev 1000 nafar harbiy asirni qabul qilishdan voz kechdi

Rossiya prezidenti yordamchisi, Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralar guruhi rahbari Vladimir Medinskiy Kiyevning almashinuv doirasida Ukraina Qurolli kuchlariga mansub 1000 nafar harbiy asirni qabul qilishdan voz kechganini rasman tasdiqladi.

Bu haqda u 6 avgust kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Kiyev bir qator harbiy asirlarni olishni rad etgani sababli Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ikkinchi almashinuv jarayoni qiyinchilik bilan o‘tdi, uchinchisi esa umuman boshlanmadi.

Medinskiy ta’kidlaganidek, Rossiya hech qachon asirga tushgan o‘z fuqarolarini "birinchi" va "ikkinchi" navga ajratish bilan shug‘ullanmagan.

Kiritildi: 23:46 06.08.2025. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!