Rossiya droni Ukrainadagi Dnepr shahri temiryo‘l vokzaliga zarba berdi. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohatlangan.
Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja ma’lum qilishicha, zarba Dnepr — Zaporoje yo‘nalishidagi 866-sonli poyezd turgan platformaga tekkan. Ma’lumotni Dnepr meri Boris Filatov ham tasdiqlagan.