Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Diqqat! Gripp bo‘lsangiz, majburan ovqat yemang. Chunki...

Diqqat! Gripp bo‘lsangiz, majburan ovqat yemang. Chunki...

Gripp va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan paytda majburan ovqatlanmaslik kerak, chunki och qolish hamda yog‘larning singishi, shuningdek, keton kislotalarining ishlab chiqarilishi sog‘ayish uchun zarurdir.

Bu haqda Yel universiteti (AQSh) Tibbiyot maktabi professori, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi Ruslan Medjitov ma’lum qildi.

Ma’lumki, gripp yoki boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan odam ishtahasini yo‘qotadi, ko‘p uxlaydi va hech kim bilan gaplashish istamaydi.

"Biz ushbu jarayonlarning yallig‘lanish reaksiyalari natijalariga qanday ta’sir qilishini tekshirdik, xususan, xastalikka chalingan paytda ishtahaning yo‘qolishi rolini ham ko‘rib chiqdik", deydi Medjitov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar tajriba o‘tkazishgan va uning davomida sichqonlarni majburan ovqatlantirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, buning natijasida jonivorlar nobud bo‘lishgan.

"Shu bois biz yuqumli kasallik paytida och qolish va ketogenik dasturni o‘tkir yallig‘lanish reaksiyasidan omon qolish uchun zarur deb topdik", deb tushuntirdi Medjitov.

Qayd etilishicha, infeksiyaga chalingan paytda organizm boshqa metabolik dasturga o‘tadi.

Kiritildi: 04:30 03.12.2020. O'qildi: 4688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!