2026 yilgi yangi futbol mavsumi oldidan "Dinamo" jamoasi safiga navbatdagi yangi o‘yinchi kelib qo‘shildi.
"Dinamo" PFK fransiyalik 26 yoshli markaziy himoyachi Mahamadu Dembele bilan rasmiy kelishuvga erishilganini ma’lum qiladi. Dembele va Samarqand klubi o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.
Mahamadu Dembele PSJ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, Parij klubi hamda Fransiya U-16, U-18, U-20, U-21 yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, o‘tgan yillar davomida Fransiyaning "Trua", Belgiyaning "Seren Yunayted", Albaniyaning "Tirana" klublari sharafini himoya qilgan. Dembele "Dinamo"ga erkin agent sifatida o‘tdi. So‘nggi ikki mavsumda klubi safida 45 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.