Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolarni arzon “dacha” e’lonlari orqali firibgarlarga aldanmaslikka chaqirmoqda.
Ayni paytda internetda, xususan, Bo‘stonliq tumanidagi dam olish uylari bo‘yicha “Oldindan to‘lov qiling” mazmunidagi ko‘plab e’lonlar tarqalmoqda. Firibgarlar haqiqiy surat va videolardan foydalanib, arzon narxda hashamatli uylarni taklif qilishmoqda.
Biroq to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng e’lon ham, firibgar akkaunti ham o‘chib ketadi.
IIB bunday holatlarda faqat rasmiy saytlar orqali buyurtma berish va oldindan to‘lov qilmaslikni tavsiya qilmoqda.