Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Diyego Simeone Xansi Flik va Karlo Anchelottidan salkam 2,5 baravar ko‘proq maosh oladi

Diyego Simeone Xansi Flik va Karlo Anchelottidan salkam 2,5 baravar ko‘proq maosh oladi

L’Equipe sahifalarida Ispaniya chempionatida ishlayotgan murabbiylarning eng yuqori maoshlari haqida ma’lumot berildi. Top-3dan "Atletiko"dan Diyego Simeone, "Real"dan Karlo Anchelotti va "Barselona"dan Xans-Diter Flik joy olganiga hech kim ajablanmasa kerak. Ammo argentinalikning daromadi va uning hamkasblari o‘rtasidagi farq hayratlanarli.

Simeone oyiga 2,17 million yevro maosh oladi. Anchelotti bir oylik ish uchun 910 ming yevro, Flik esa 830 ming yevro maosh oladi.

Qayd etilishicha, gap soliq to‘lovlaridan oldingi ish haqi haqida ketmoqda.

Ispaniya chempionati turnir jadvalida top-3 quyidagicha ko‘rinishda: "Barselona" (60 ochko), "Real" (60 ochko), "Atletiko" (56 ochko).

Kiritildi: 11:35 27.03.2025. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!