"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Usmon Dembelening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Usmon mukofot uchun eng jiddiy nomzodlardan biri, lekin men emas, siz (jurnalistlar) tanlaysiz," - dedi Enrike matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda 28 yoshli Dembele 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.