Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat xizmatchilari endi tarozi bilan “hisob-kitob” qiladi.

Davlat xizmatchilari endi tarozi bilan “hisob-kitob” qiladi.

Shu yil 1 avgustdan boshlab davlat tashkilotlarida xodimlarning tana vazni indeksi (BMI) muntazam nazorat qilinadi. Bu chora sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish doirasida joriy etilmoqda.

Har ish kuni belgilangan vaqtda jismoniy mashqlar o‘tkaziladi, tashkilot hududida sport zonalari tashkil etiladi. Xodimlarning tana vazni sport targ‘ibotchilari tomonidan o‘lchanib, hrm.argos.uz platformasiga kiritib boriladi.

Shuningdek, davlat tashkilotlari oshxonalarida sog‘lom ovqatlanish joriy etilib, shirinliklar, yog‘li hamda xamirli taomlar savdosi cheklanadi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab barcha xodimlar yiliga kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Kiritildi: 21:36 20.06.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!