Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Davlat xaridlarida qariyb 10 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi

Davlat xaridlarida qariyb 10 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarini o‘rganish natijasida bir qator buyurtmachi tashkilotlarda raqobatni cheklash bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni aniqladi.
Ushbu xaridlarning umumiy qiymati qariyb 10 mlrd so‘mni tashkil etib, aniqlangan holatlar quyidagilar:

  • Andijon viloyati: Oltinko‘l tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi — 300 mln so‘m;

  • Farg‘ona viloyati: Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi — 7 ta xarid, 2,5 mlrd so‘mdan ortiq;

  • Jizzax viloyati: Zarbdor tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat — 2 ta xarid, 1,4 mlrd so‘mdan ortiq;

  • Namangan viloyati: Chust tuman tibbiyot birlashmasi — 1,8 mlrd so‘mga yaqin;

  • Navoiy viloyati: Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligi — 7 ta xarid, 1,7 mlrd so‘mga yaqin;

  • Samarqand viloyati: O‘zyo‘lko‘prik klasteri filiali — 1,7 mlrd so‘m; Ozodlik davlat muassasasi — 410 mln so‘m.

Ushbu holatlar yuzasidan qo‘mita hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atib, belgilangan tartibda ta’sir choralarini qo‘llagan. Qo‘mita qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Ayrim holatlarda moliyaviy jarima qo‘llash va huquqiy baho berish uchun materiallar tegishli organlarga yuborilgan.

Kiritildi: 23:35 13.10.2026. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!