Ukraina poytaxti Kiyev shahri havo trevogasi (sirena) e’lon qilinmasdan, ketma-ket ikkinchi kun S-400 raketalari zarbasiga uchradi.
Navbatdagi zarbalar mahalliy vaqt bilan 13 oktyabr kuni soat 22:50 da berilgan.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitriy Litvin jurnalistlarning so‘roviga javoban, xuddi kechagidek, bugun ham hamkorlar Ukrainani ballistik raketalar xavfi haqida ogohlantirmaganini va tegishli razvedka ma’lumotlarini yetkazmaganini ma’lum qildi.
"Harbiylar va boshqa tegishli idoralar vaziyat tafsilotlarini o‘rganmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.