Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

DAVLAT TILI HAFTALIGI O‘zJOKUda DAVLAT TILI VA MATBUOT MAS’ULIYATIGA BAFISHLANGAN ILMIY HIMOYa BILAN BOSHLANDI!

DAVLAT TILI HAFTALIGI O‘zJOKUda DAVLAT TILI VA MATBUOT MAS’ULIYATIGA BAFISHLANGAN ILMIY HIMOYa BILAN BOSHLANDI!

📚 21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989 yilning aynan shu sanasida «Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinishi milliy tilimizning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida tarixiy qadam bo‘lgan edi.

🎓 Ushbu qutlug‘ sana arafasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01 raqamli Ilmiy kengashda davlat tili siyosati va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bag‘ishlangan PhD dissertasiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

👨‍🎓 Dissertant: Musayev Shahobiddin Sharafiddinovich

📘 Ixtisoslik: 10.00.09 — Jurnalistika (filologiya fanlari)

📌 Dissertasiya mavzusi: «O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ijrosida ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy prinsiplari».

🔎 Tadqiqotda davlat tili siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni, jurnalistlarning kasbiy mas’uliyati, tilga oid mavzularni yoritish tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, davlat tilining jamiyatdagi nufuzini oshirish, milliy birlikni mustahkamlash va OAVda til siyosatini yoritish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

✨ Til — millatning ma’naviy boyligi, matbuot esa uning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlovchi muhim kuchdir.

Davlat tili haftaligida aynan «Davlat tili haqida»gi qonun ijrosiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotning himoya qilinishi alohida ramziy ahamiyat kasb etadi. Zero, davlat tilining nufuzini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni, jurnalistlarning so‘zga mas’uliyati va til madaniyatiga munosabati muhim ahamiyatga ega.

Kiritildi: 22:51 19.10.2026. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!