Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Davlat organlari fuqaro murojaatlariga qarab toifalarga ajratiladi

Davlat organlari fuqaro murojaatlariga qarab toifalarga ajratiladi

Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati baholanadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori (40-son, 30.01.2026 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumatning 2018 yil 7 maydagi 341-son qaroriga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, «Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash va toifalash to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom talablari davlat tashkilotlari xodimlarining Prezident Virtual qabulxonasi bilan ishlash tizimida ro‘yxatga olingan va davlat organiga ijro uchun yo‘naltirilgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati quyidagi murojaatlar sonidan kelib chiqib toifalarga ajratiladi:

▪️ ro‘yxatga olingan;

▪️ qanoatlantirilgan;

▪️ rad etilgan;

▪️ ijro muddatlari buzilgan;

▪️ takroriy.

Murojaatlar bilan ishlash faoliyati tahlil natijalariga asosan 3 toifaga ajratiladi:

- yuqori natijadorlikka ega - yashil toifa;

- o‘rta natijadorlikka ega - sariq toifa;

- past natijadorlikka ega - qizil toifa.

Baholash natijalariga ko‘ra davlat organlari mansabdor shaxslarining KPI ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilanadi:

  • yashil toifa - 100 foiz;
  • sariq toifa - 50 foiz;
  • qizil toifa - 10 foiz.

«Qizil» toifaga kiritilgan davlat organlarining rahbarlari yoki ularning tegishli o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 20:26. O'qildi: 128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!