Braziliyalik sobiq himoyachi Dani Alves 405 kun qamoqda o‘tkazgan vaqti uchun 20 ming yevro kompensasiya olishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ispaniya Oliy sudi unga doir ilk hukmni bekor qilgani uchun qamoqda saqlangan xar bir kun uchun kompensasiya talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, Alves Meksikaning «Pumas» klubidan 2 million yevro talab qilishni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, agar u oqlansa, jamoa bilan bekor qilingan shartnoma asossiz hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Dani Alves avvalroq 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, keyinchalik 1 mln evro garov puli evaziga ozodlikka chiqqani va aybsiz deb topilgani haqida xabar berilgan edi.