Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Dam olish kunlarida havo harorati sezilarli pasayadi

Dam olish kunlarida havo harorati sezilarli pasayadi

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 15–16 avgust kunlari respublika bo‘ylab kunduzi havo harorati +30…+35 daraja, janubiy hududlarda esa +38 darajagacha ko‘tariladi.

17 avgust, yakshanba kuni mamlakatga nisbatan salqin havo oqimi kirib keladi. Harorat 2–3 darajaga pasayishi kutilmoqda.

Toshkentda 15–16 avgust kunlari kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. 17 avgust kuni havo biroz bulutli, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–15 m/s gacha kuchayishi va chang‘-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +19…+21 daraja, kunduzi 15–16 avgustda +32…+35 daraja, 17 avgustda +28…+30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida 16 avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang‘-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Kiritildi: 18:45 15.08.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!