Ukrainaning Donesk viloyatidagi Ugledar shahri qurshab olinganidan keyin rossiyalik harbiylar o‘rtasida bo‘linish yuzaga keldi, deb yozadi Rossiyaning maxsus xizmatlariga yaqin telegram kanallari.
“Harbiylarning bir qismi (ular orasida bir qancha generallar ham bor) Ugledar qo‘lga olingandan so‘ng Donetsk viloyati hududidagi hujumni vaqtincha to‘xtatish kerak, deb hisoblaydi.
«Ugledar juda dahshatli o‘lim holatlarini boshdan kechirdi. So‘nggi bir necha kunning o‘zida bizda 500 dan ortiq halok bo‘lganlar va og‘ir yaralanganlar bor. Yo‘qotilgan o‘nlab taxnikalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Armiya dam olish kerak, aks holda yangi muvaffaqiyatlarga erishish qiyin bo‘ladi», — dedi Bosh shtabdagi manba.
Unga ko‘ra, bir guruh harbiylar Vladimir Putindan jangchilarga dam berishni va hujumni bir muddat to‘xtatishni so‘rashmoqchi.
«Biz jasadlar ustida Ugledarga kirdik. Bizning tanamiz ustida! Harbiylar yaqinda atrofda ko‘rgan narsasidan aqldan ozadi», dedi shahar uchun janglarda qatnashgan ofiser.
Bu pozisiya harbiylarning yana bir qismini g‘azablantirdi. «Ba’zi zaiflar to‘xtashni xohlaydimi? Bular xoinlar. Amerikaliklar yoki Kiyev rejimi ularga pul to‘laganmi, tekshirish kerak. Biz Vladimir Vladimirovichdan bu odamlarni namunali tarzda jazolashni so‘raymiz”, — dedi Mudofaa vazirligidagi manba. Uning fikricha, "DXRni ozod qilish uchun hali ko‘p oylik janglar bor, shuning uchun biz hozir to‘xtay olmaymiz".