Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Dahshat! Ona o‘z farzandini balkondan otib yubordi

Dahshat! Ona o‘z farzandini balkondan otib yubordi

Kareliyada mast yosh ona bolasini balkondan tashladi, xayriyatki, bola tirik qoldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining hududiy bo‘linmasi saytida ma’lum qilindi.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, 26 oktyabr kuni Kalevala tumanidagi Borovoy qishlog‘ida mast bo‘lgan ona o‘zining chaqalog‘ini ikkinchi qavat balkonidan tashlagan. Xayriyatki, go‘dak tirik qolgan. Shundan keyin gumonlanuvchi yotib uxlagan. Ko‘chada yig‘layotgan qizaloqning ovozini eshitgan qo‘shnilar tez yordam chaqirishgan.

Tergovchilar ayolni hibsga olish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishmoqchi. Jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 16:10 30.10.2018. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!