Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

CNN: AQSh Kuba chegaralari yaqinida razvedka faoliyatini keskin kuchaytirdi

CNN: AQSh Kuba chegaralari yaqinida razvedka faoliyatini keskin kuchaytirdi

AQSh Kuba qirg‘oqlari yaqinida razvedka parvozlari sonini keskin oshirdi, deb yozadi CNN aviasiya ma’lumotlari tahliliga tayanib.

«4 fevraldan beri AQSh Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlari uchuvchisiz va boshqariladigan samolyotlardan foydalangan holda kamida 25 ta shunday missiyani amalga oshirdi. Parvozlarning aksariyati mamlakatning ikki yirik shahri — Gavana va Santyago-de-Kuba yaqinida sodir bo‘lgan», — deyiladi nashr xabarida.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, parvozlarning asosiy qismi kuzatuv va razvedka uchun mo‘ljallangan P-8A Poseidon dengiz patrul samolyotlari tomonidan bajarilgan.

Shuningdek, radiotexnik razvedkaga ixtisoslashgan RC-135V Rivet Joint samolyotlaridan ham foydalanilgan. Bundan tashqari, bir nechta yuqori balandlikda harakatlanuvchi MQ-4C Triton razvedka dronlari ham jarayonga jalb etilgan.

Kiritildi: 23:44 10.05.2026. O'qildi: 150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!