Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

CITES Bosh kotibi “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi nima uchun ahamiyatli ekanligini aytdi

CITES Bosh kotibi “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi nima uchun ahamiyatli ekanligini aytdi

Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) Bosh kotibi Ivonn Iguero mintaqada “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasini o‘tkazishning ahamiyati haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo jiddiy ekologik muammolarga, jumladan, bioxilma-xillikning yo‘qolishidek global inqirozga uchramoqda — bu butun dunyo mamlakatlari duch kelayotgan muammo.

I.Iguero Markaziy Osiyoda bunday ko‘rgazmani o‘tkazish alohida ahamiyatga ega ekanligi, chunki bu mintaqaning noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish yo‘llarini izlash imkonini berishini ta’kidladi.

"Bu faqatgina O‘zbekistonga emas, butun mintaqaga daxldor muammo. Faqat sa’y-harakatlarni birlashtirgan holda 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida harakat qilishimiz mumkin", — dedi u.

Kiritildi: 22:34 19.06.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!