20 aprel kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Chunqin shahridan O‘zbekistonga birinchi muntazam yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. Poyezd mahalliy ishlab chiqarilgan poliester granulalarini yetkazadi.
Xinhua axborot agentligining xabariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda har oyda ikki marotaba muntazam reyslar amalga oshiriladi. Bu loyiha Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi logistik hamkorlikni mustahkamlashda va «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusini rivojlantirishda muhim qadamdir.