Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

“Chorsu” mehmonxonasi rekonstruksiyasining kechikish sabablari oshkor qilindi

“Chorsu” mehmonxonasi rekonstruksiyasining kechikish sabablari oshkor qilindi

Toshkent shahri markazidagi Chorsu mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Ahmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1,1 million o‘rinli mehmonxona tarmoqlariga ega Marius kompaniyasi mutaxassislari ko‘magida mukammal loyiha yaratilgan va 2019 yil yakuniga qadar qurilish ishlari nihoyasiga yetishi ko‘zlangan.

Ammo bugungi kunga kelib mehmonxonaning tashqi ko‘rinishidan katta o‘zgarishlar bo‘layotganini sezish qiyin. Mehmonxona rekonstruksiya ishlari nima uchun to‘xtab qoldi? Bunga kim to‘sqinlik qilmoqda? Bu savollarga Axmet Demir Xalq so‘zi nashriga bergan intervyusida javob berdi.

Tadbirkor mehmonxona rekonstruksiyasi yo‘lida ayrim muammolarga duch kelayotganini qayd etgan.

Ayrim muammolar bor. Eng katta muammoimiz esa qog‘ozbozlik. Masalan, bir paytlar aytib o‘tganimdek, bizga qo‘shimcha yer kerak. Chunki mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishini va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi. Ammo o‘sha qaror hanuz bajarilganicha yo‘q. Buning oqibatida ishimiz sustlashgan, eng yomoni, bankdan kredit ololmayapmiz. Bankka ikkita kadastr hujjatini ko‘tarib borib, kredit so‘rasam, Biznes-rejangizda ko‘rsatilgan mana bu hududning hujjati qani? deyishadi. Mutasaddi idoralar keyin qilib berar ekan , deyman. Ammo ular ham chetdan kelmagan, shu yurtning fuqarolari. Yaxshi bilishadiki, Keyin qilib beriladi , degani ba’zan Hech qachon qilib berilmaydi , deganini anglatadi , deydi Axmet Demir.

Kiritildi: 16:41 29.01.2019. O'qildi: 1956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!