Chimkent hayvonot bog‘idagi Simba va Tanu juftligidan 3 ta sher bolasi dunyoga keldi. Ulardan ikkitasi erkak, biri urg‘ochi.
Hozir sherbachchalarning ahvoli yaxshi. Hayvonot bog‘i xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda ularga laqab qo‘yish uchun tanlov e’lon qildi. Ya’ni, yangi tug‘ilgan sherchalarning ismlari o‘quvchilar tomonidan tanlangan.
“Ijtimoiy tarmog‘imizda 200 dan ortiq variant va takliflar oldik. Hayvonot bog‘i ma’muriyati o‘lar orasidan GGG, Kanelo va Shakira laqablarini tanladi. Bu taxalluslarni tanlaganimizga sabab, biz ularning kuchli, mashhur, jasur bo‘lishini istaymiz”, – deyiladi hayvonot bog‘ining Instagramdagi sahifasida.