Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chimboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Chimboytumangaz” ta’minoti bo‘limi moddiy javobgar shaxslari tomonidan qiymati 1,3 mlrd so‘mlik 1406 dona suyultirilgan gaz balonlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.