Yo‘l-ta’mirlash ishlari munosabati bilan 6 avgust soat 23:00 dan 10 avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasidan Arnasoy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopilgan.
Haydovchilardan ushbu yo‘nalishda harakatlanishda oldindan muqobil yo‘llarni tanlash so‘raladi.