Pragada yuzlab odamlar Andrey Babish hukumatining jamoatchilik televideniyesi va radiosini moliyalashtirish uchun majburiy yig‘imlarni bekor qilish rejalariga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Hukumat fuqarolarning to‘lovlari o‘rniga ko‘rsatuv va eshittirishlar tarqatuvchi tashkilotlar faoliyati uchun mablag‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan ajratmoqchi. Tanqidchilar bu holat OAVga siyosiy ta’sirni kuchaytirishidan xavotirda.
Reforma qarshilarining baholashicha, kelasi yildayoq jamoatchilik mediasini moliyalashtirish taxminan 15 foizga qisqarishi mumkin. Ular davlat ajratmalariga qaramlik tahririyatlarni hukumat bosimi qarshisida ojizroq qilib qo‘yishidan ogohlantirmoqda.
Evropa uzatishlar ittifoqi (EBU), Yevropa jurnalistlar federasiyasi va «Chegara bilmas reportyorlar» tashkiloti ham ushbu tashabbusga qarshi chiqdi. Ular Babish hukumati OAV ustidan nazoratni kuchaytirishga intilayotganidan xavotir bildirmoqda. Hukumat esa ayblovlarni rad etib, islohot tahririyat mustaqilligi va dasturlar mazmuniga ta’sir qilmasligini ta’kidlamoqda.
Hukmron koalisiya o‘zgarishlar zaruratini jamoatchilik mediasi voqealarni xolis yoritmayotgani va xarajatlarni qisqartirishi kerakligi bilan izohlamoqda. Bundan tashqari, hukumat majburiy yig‘imlardan byudjetdan moliyalashtirishga o‘tish umumevropa tendensiyasiga mos kelishini aytmoqda.