2025 yilda Chexiya havo kuchlari 2022 yilda boshlangan Slovakiya havo hududini himoya qilish missiyasini davom ettiradi.
Bu haqda Dennikn axborot portali xabar bermoqda.
Slovakiya 2022 yil 24 fevraldan ko‘p o‘tmay, Ukrainaga ovozdan tez uchuvchi MiG-29 qiruvchi samolyotlarini sovg‘a qildi.
Hozirda respublikada atigi ikkita amerikalik F-16 qiruvchi samolyoti bor, Bratislavaning ta’kidlashicha, bu milliy havo hududini himoya qilish vazifalarini bajarish uchun yetarli emas.