O‘zbekistonlik taniqli dzyudochi Diyora Keldiyorova Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
52 kilogrammgacha vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik raqibasini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekistonlik dzyudochi turnir davomida o‘zi ishtirok etgan barcha bellashuvlarda raqiblarini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba Keldiyorovaga jahon reytingi uchun 100 ochko taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova 2024 yil 28 iyul kuni Parij Olimpiadasida ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasidan keyin farzandli bo‘lgani sababli sportchi musobaqalarda tanaffus qilgan va shu vaqt ichida bir qator yirik turnirlarni o‘tkazib yuborgan.