Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalar soni 21 taga yetdi

Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalar soni 21 taga yetdi

Dushanba oqshomida Angliya Premyer-ligasida «Aston Villa» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda birmingemliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada, Unai Emeri jamoasi Angliya chempionatida kuchli beshlikdan (top-5) joy olishini naqd qildi, bu esa keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni anglatadi.

Hozirgacha 21 ta jamoa 2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘ldi. Keling, ushbu yo‘llanmalarga ega chiqqan klublar bilan tanishib chiqamiz:

  • Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa».

  • Italiya: «Inter».

  • Ispaniya: «Barselona», «Real Madrid», «Vilyarreal», «Atletiko Madrid», «Betis».

  • Germaniya: «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «RB Leypsig».

  • Fransiya: «PSJ», «Lans».

  • Niderlandiya: PSV, «Feyenoord».

  • Portugaliya: «Portu».

  • Chexiya: «Slaviya Praga».

  • Turkiya: «Galatasaroy».

  • Ukraina: «Shaxtyor Donesk».

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Qolgan yo‘llanmalarning 7 tasi saralash (kvalifikasiya) bosqichi o‘yinlarida o‘ynaladi.

Kiritildi: Bugun 12:58. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!