Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Chempionlar ligasi. «Real» safarda Gresiya klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Mbappe poker qayd etdi (VIDEO)

Chempionlar ligasi. «Real» safarda Gresiya klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Mbappe poker qayd etdi (VIDEO)

"Real" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Olimpiakos"ni safarda mag‘lub etdi - 4:3.

Mehmonlar safida Kilian Mbappe poker qayd etdi. Dastlabki uchta golni fransuz yetti daqiqa ichida - 22-daqiqadan 29-daqiqagacha urdi. Vinisius Junior ikkita assistni amalga oshirdi. Mezbonlar safida Chikinyo, Mehdi Taremi va Ayub El-Kaabi bittadan gol urgan.

"Real" ochkolarini 12taga yetkazib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Madridliklar navbatdagi o‘yinda 10 dekabr kuni "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

"Olimpiakos" 2 ochko bilan 33-pog‘onada bormoqda. Gresiya klubi keyingi turda "Qayrat" mehmoni bo‘ladi.

ECHL. 5-tur

27 noyabr, 01:00

Olimpiakos - Real - 3:4

Gollar: Shikinyu, 8 (1:0). Mbappe, 22 (1:1). Mbappe, 24 (1:2). Mbappe, 29 (1:3). Taremi, 52 (2:3). Mbappe, 60 (2:4). El-Kaabi, 81 (3:4)

Olimpiakos P: Tzolakis, Pirola (Byankon, 62), Resos, Ortega, Rodiney (Koshtinya, 71), Dani Garsiya (Esse, 46), Muzakitis, Shikinyu (Taremi, 28), Podense (Strefessa, 71), Martinsh, El-Kaabi

Real: Lunin, Raul Asensio (Dias, 73), Karreras, Mendi, Aleksandr-Arnold, Tshuameni, Kamavinga (Sebalyos, 46), Valverde, Vinisius Junior (Garsiya, 90), Arda Gyuler (Bellingem, 61), Mbappe

Ogohlantirishlar: Ortega, 40 - Kamavinga, 23. Arda Gyuler, 56

Kiritildi: Bugun 05:56. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!