Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Chempionlar ligasi. "Real" Londonda qaqshatqich zarba qabul qilib oldi

Chempionlar ligasi. "Real" Londonda qaqshatqich zarba qabul qilib oldi

"Arsenal" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinida "Real"ni tor-mor etdi - 3:0.

Londonliklar yarim himoyachisi Deklan Rays dublni rasmiylashtirdi. 26 yoshli angliyalik futbolchi 58 va 70-daqiqalarda jarima zarbalaridan ikkita gol urdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Mikel Merino yakuniy hisobni o‘rnatdi.

O‘yin oxirida madridliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi - Eduardo Kamavinga ikkinchi sariq kartochkani oldi.

Javob o‘yini 16 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:21 09.04.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!