"Bavariya" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki bahsida "Inter"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 1:2.
Uchrashuvning 38-daqiqasida mehmonlar forvardi Lautaro Martines hisobni ochdi. 85-daqiqada myunxenliklar Tomas Myullerning goli evaziga hisobni tenglashtira olmadi - oradan uch daqiqa o‘tib Davide Frattezining goli "Inter"ga g‘alaba keltirdi.
Javob uchrashuvi 16 aprel kuni Milanda bo‘lib o‘tadi.