Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Chempionlar ligasi. «Arsenal» yengilmas «Bavariya»ni taslim qildi (VIDEO)

Chempionlar ligasi. «Arsenal» yengilmas «Bavariya»ni taslim qildi (VIDEO)

"Arsenal" o‘z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar safida birinchi bo‘limda Yurrien Timber gol urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Noni Madueke va Gabriel Martinelli o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar safida 32-daqiqada 17 yoshli Lennart Karl o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Arsenal" Chempionlar Ligasi-2025/26da qatorasiga beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Londonliklar 15 ochko bilan umumjamoa hisobida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda "kanonirlar" safarda "Bryugge" mehmoni bo‘ladi.

"Bavariya" 12 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda. Myunxenliklar keyingi o‘yinda "Sporting"ni qabul qiladi.

ECHL. 5-tur

27 noyabr, 01:00

Arsenal - Bavariya - 3:1

Gollar: Timber, 22 (1:0). Karl, 32 (1:1). Madueke, 69 (2:1). Martinelli, 77 (3:1)

Arsenal: Rayya, Saliba, Moskera, Lyuis-Skelli (Kalafyori, 68), Timber (Uayt, 80), Subimendi, Rays, Eze (Edegor, 80), Trossar (Madueke, 38), Saka (Martinelli, 68), Merino

Bavariya: Noyer, Upamekano (Kim Min Dje, 81), Ta, Stanishich, Laymer (Bishof, 72), Kimmix (Rafael Gerreyru, 81), Pavlovich, Karl (Goreska, 81), Gnabri (Djekson, 72), Olise, Keyn

Ogohlantirishlar: Saliba, 74. Merino, 80 - Upamekano, 23. Laymer, 43

Kiritildi: Bugun 05:58. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!