UYEFA Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasida Fransiyaning «Monako» va «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi. Monakodagi «Lui II» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni ispaniyalik bosh hakam Xesus Xil Mansano boshqarib bordi. Parij klubi futbolchilari 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishishdi.
O‘yinning ilk daqiqasidayoq «Monako» hujumchisi Folarin Balogun rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning uzatmasidan so‘ng rossiyalik darvozabon Matvey Safonov darvozasini ishg‘ol qildi. 18-daqiqada Balogun darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, dublni rasmiylashtirdi. 22-daqiqada «PSJ» yarim himoyachisi Vitinya penaltidan gol ura olmadi — darvozabon Filipp Kyon zarbani qaytardi. 29-daqiqada parijliklar hujumchisi Dezire Due hisobdagi farqni qisqartirdi. U ikki daqiqa oldin jarohat olgan Usmon Dembelening o‘rniga maydonga tushgan edi.
41-daqiqada parijliklar himoyachisi Ashraf Hakimiy muvozanatni tikladi. 48-daqiqada «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Avvaliga hakam rossiyalik futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatgandi, biroq VAR maslahatidan so‘ng o‘z qarorini o‘zgartirdi. 67-daqiqada Due dublni rasmiylashtirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral, chorshanba kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi. Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, «Monako» 10 ochko bilan 21-o‘rinni, «PSJ» esa 14 ochko bilan 11-o‘rinni egallagan edi.
Evropa Chempionlar ligasi, O‘tish o‘yini
«Monako» (Monako) — «PSJ» (Fransiya) — 2:3
Gollar: Balogun, 1 (1:0). Balogun, 18 (2:0). Due, 29 (2:1). Hakimiy, 41 (2:2). Due, 67 (2:3).
Amalga oshirilmagan penalti: Vitinya, 22.
«Monako»: Ken, Teze, Fas, Kayyu Enrike, Vanderson (Bamba, 70), Zakariya, Kamara, Golovin, Adingra (Kulibali, 70), Akliush (Diatta, 58), Balogun (Biyeret, 83).
«PSJ»: Safonov, Markinyos, Pacho, Nunu Mendesh, Hakimiy, Vitinya, Joau Nevesh, Zair-Emeri, Barkolya (Ramush, 81), Kvarasxeliya (Li Kan In, 69), Dembele (Due, 27).
Ogohlantirishlar: Fas, 21. Zakariya, 29.
Chetlatish: Golovin, 48.