Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Chempionlar ligasi. Amaldagi chempion "PSJ" ikkinchi o‘yinda ham "Chelsi"ni "ko‘rmay o‘tib ketdi" (VIDEO)

Chempionlar ligasi. Amaldagi chempion "PSJ" ikkinchi o‘yinda ham "Chelsi"ni "ko‘rmay o‘tib ketdi" (VIDEO)

«PSJ» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Chelsi» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Angliyadagi «Stemford Bridj» stadionida bo‘lib o‘tdi.

6-daqiqada Xvicha Kvarasxeliya hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Bredli Barkolya mehmonlarning ustunligini ikki barobarga oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushgan Senni Mayulyu hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Dastlabki o‘yinda ham 5:2 hisobida g‘alaba qozongan «PSJ» ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra chorak finalga chiqdi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final
18.03.2026 | 01:00
«Stemford Bridj», London

«CHELSI» — «PSJ» — 0:3
Gollar: Xvicha Kvarasxeliya 6 (0:1), Bredli Barkolya 15 (0:2), Seni Mayulu 62 (0:3).

Birinchi o‘yin: 2:5.

«Chelsi»: Sanches, Xato, Chaloba, Kukurelya (Adarabioyo, 71), Sarr (Achimpong, 46), Santos, Kaysedo, Fernandes (Lavia, 60), Joao Pedro (Delap, 59), Pedru Netu, Palmer (Garnacho, 59).

«PSJ»: Safonov, Markinyos, Pacho, Nunu Mendesh (Ernandez, 66), Xakimi, Vitinya, Joau Nevesh (Mayulu, 46), Zair-Emeri, Kvarasxeliya (Li Kan In, 73), Barkolya (Due, 59), Dembele (Ramush, 66).

Kiritildi: Bugun 04:06. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!