"Chelsi" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida katta ambisiyalarga ega - klub "Real"dan Rodrigo Goesni asosiy xaridiga aylantirmoqchi va uning uchun 120 million yevro sarflashga tayyor. London klubi braziliyalik futbolchini loyihani qayta boshlash uchun kerak bo‘lgan hujum yetakchisi sifatida ko‘rmoqda.
Vinisius va Kilian Mbappe bilan "qaymoqranglilar"ning hujum chizig‘idagi raqobat kuchayib borayotgani Rodrigoning jamoadagi o‘rni beqaror bo‘lib qolishiga olib keldi. Va aynan shundan foydalanib, "Chelsi" futbolchiga kafolatlangan yetakchilik va shaxsiy rivojlanish rejasini taklif qilmoqchi.
Hujumchining "Real" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi bor, ammo "ko‘klar" klubga ham, futbolchining o‘ziga ham katta moliyaviy taklif yozning eng shov-shuvli transferlaridan biriga yo‘l ochishiga ishonmoqda.
Qo‘shimcha qilamizki, Rodrigo bu mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.