"Chelsi" futbolchilari Diogu Jota va Andre Silva oilasiga yordam berishga qaror qilishdi. Futbolchilar Ispaniyada 3 iyul kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alaba uchun "Chelsi" futbolchilarga bonus sifatida taxminan 15,5 million dollar ajratdi. Bu pullar futbolchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Shu bilan birga, klub va futbolchilar birgalikda qaror qabul qilishdi - mablag‘larning bir qismi Diogu Jota va Andre Silva oilasiga yuboriladi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "Chelsi" o‘tgan oyda "PSJ"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.